Huawei 1
Kuvaytning yirik kompaniyasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Kuvaytning “Marafie Group” kompaniyasi bosh menejeri Abdulhakim Marafi bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Maʼlumot o‘rnida aytish kerak, 1919 yilda tashkil etilgan “Marafie Group” “Forbes” jurnalining “Top 100 arab oilaviy biznesi” ro‘yxatiga kiritilgan. U asosan, savdo, qurilish, ishlab chiqarish va dizayn sohalarida ish olib boradi va 300 dan ortiq brendlarga ega. Xodimlari soni esa 1500 kishidan oshadi. 

Muloqot davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholagan Kuvayt tomoni qishloq xo‘jaligi sohasida taqdim etilgan yirik loyiha tashabbuslarini amalga oshirishda ishtirok etishga tayyorligini bildirdi. 

Shuningdek, Abdulhakim Marafi qurilish, bank, turizm, xizmat ko‘rsatish sohalarida katta salohiyat mavjudligini qayd etdi. U kompaniya yangi investitsiya loyihalarini birgalikda ishlab chiqish va hamkorlikni yana-da rivojlantirishdan manfaatdor ekanini taʼkidladi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122618 | Инструменты