Huawei 1
Malayziya kompaniyasi O'zbekiston tog'-kon sanoatiga investitsiya kiritishi mumkin

O'zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning Paxang shtati Raub shahrida joylashgan "MAM Minerals Sdn Bhd" kompaniyasiga tashrif buyurdi va tashkilot raisi Basani Premnatx Reddi bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Uchrashuvda Basani Premnatx O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat natijasida investorlarga mamlakatda o'z tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun qulay investitsiya muhiti shakllanganligini yuqori baholadi.

Suhbat davomida Malayziya kompaniyasi Buxoro viloyati Peshku tumanida "Taskazgan" hududida joylashgan grafit konini o'zlashtirish va grafitdan yuqori qo'shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar, jumladan elektroskuterlar uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishning bosqichma-bosqich rejalari bilan o'rtoqlashdi.

Malayziya tomoni bilan mamlakatda muntazam o'sib borayotgan bozorni hisobga olib, Buxoro viloyatida tozalanmagan (xom) palma yog'ini chuqur qayta ishlash orqali tayyor oziq-ovqat va iste'mol mollarini (o'simlik yog'i, margarin, sovun), maishiy elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish bo'yicha qo'shma investitsiyaviy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish to'g'risida kelishib olindi.

Uchrashuvdan so'ng, o'zbek tomoni "MAM Minerals" kompaniyasining Raub shaharchasida joylashgan temir rudasini qazib olish va uni tozalash bo'yicha ishlab chiqarish faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

"MAM Minerals Sdn Bhd" kompaniyasi 2019-yilda tashkil etilgan va Hindistonning "Acharya Group" kompaniyalar guruhining tarkibiga kiradi. Kompaniya Malayziya bo'ylab ruda konlarini o'zlashtirish faoliyati bilan shug'ullanadi. Paxang shtatida kompaniya kuniga 48 ming tonna rudani qazib olish, ularni magnitli uskuna va suv bilan yuvish orqali qayta ishlab chiqarish quvvatiga ega. Tayyor xom ashyo Xitoy va boshqa qo'shni davlatlarga eksport qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 63014 | Инструменты