Huawei 1
Ayrim tadbirkorlarga to'langan solig'ining bir qismi qaytarib beriladi

Hukumat qarori bilan Umumiy ovqatlanish, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko'rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga byudjetga to'langan qo'shilgan qiymat solig'ining bir qismini qaytarish tartibi to'g'risidagi Vaqtinchalik nizomi tasdiqlandi.

Vaqtinchalik Nizomga ko'ra, 2024 yil 1 oktabrdan boshlab turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko'rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga - byudjetga to'langan soliqning 20 foizi qaytariladi.

2025 yil 1 yanvardan boshlab umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko'rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga oylik tovarlarni (xizmatlarni) realizasiya qilish bo'yicha aylanmasining naqd pulsiz qismi:

- 60 foiz va undan yuqori bo'lganda — byudjetga to'langan soliqning 40 foizi;
- 60 foizdan kam bo'lganda — byudjetga to'langan soliqning 20 foizi qaytariladi.

Tadbirkorlik subyekti soliq hisobotini taqdim etgandan so'ng, lekin 3 oydan kechiktirmasdan soliqning bir qismini qaytarish uchun murojaat qilishga haqli.

Soliqning bir qismi quyidagi shartlar to'liq bajarilganda avtomatik ravishda qaytariladi:

- hisobot davrida soliq bo'yicha taqdim etilgan soliq hisobotiga muvofiq hisoblangan soliq byudjetga to'liq to'langanda;

- hisobot davrida umumiy ovqatlanish, turoperatorlik yoki mehmonxona xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha umumiy tovar aylanmasi jami tovar aylanmasining 90 foizidan kam bo'lmaganda;

- hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida realizasiya qilingan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasi hamda faoliyatining o'ziga xos xususiyatlariga yoki amalga oshiriladigan turlariga muvofiq bo'lgan identifikasiya kodlari aks ettirilgan qismiga nisbatan.

Vaqtinchalik Nizom 2028 yil 1 yanvarga qadar amal qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110817 | Инструменты