Huawei 1
Sement zavodlari imtiyozlar hisobiga 250 mlrd so‘mni o‘zida saqlab qoldi

O‘zbekistonda sement ishlab chiqaruvchilari 2024-yildan boshlab berilgan soliq imtiyozlari tufayli 250 milliard so‘mni o‘z ixtiyorida saqlab qoladi. Bu 2025−2027 yillarga mo‘ljallangan byudjetnoma loyihasidan kelib chiqadi.

Sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ohaktoshdan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 1 yanvardan rejadagi 2 baravar o‘rniga qariyb 4 baravar kamaytirilgandi.

Qaror iqtisodiy rag‘bat sifatida tushuntirilgan, ammo bu foydaning atrof-muhit va inson salomatligiga taʼsiri keng muhokama qilinmagandi. Byudjetnoma loyihasida ushbu imtiyoz elektr energiyasi tariflari oshishi fonida sement ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida berilgani qayd etilgan.

Hujjatda xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga sementdan tashqari noruda qurilish materiallari uchun belgilangan qatʼiy stavkani 1,3 baravargacha oshiruvchi koeffitsiyent qo‘llash vakolatini berish taklif etilmoqda.

Bundan tashqari, qazilma boyliklarida soliq ulushi uning xarid bahosiga nisbatan juda pastligini inobatga olib ayrimlariga yer qaʼridan foydalanganlik uchun alohida soliq stavkalarini (Soliq kodeksining 452-moddasi) belgilash rejalashtirilmoqda:

- marmar uchun — har kubometr uchun kamida 20 ming so‘m;

- granit — 30 ming so‘m;

- tabiiy bezaktosh — 30 ming so‘m;

- qum-shag‘al aralashmasi, shu jumladan, qurilish qumi va qumtoshlari — 5 000 so‘m.

Shu bilan birga, ular 5% advalor soliq stavkasini ham saqlab qoladi.

Kon-kimyo xomashyosi va boshqa noruda qurilish materiallari uchun qazib olingan hajmga belgilangan qatʼiy miqdorlar 10 foizga indeksatsiyalanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110817 | Инструменты