Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida jami 30,4 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari o‘qish maqsadida chet elga borgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 952 nafarga yoki 3,2 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida o‘qish maqsadida chet elga ketgan O‘zbekiston fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:
Tojikiston — 11 409 nafar;
Rossiya — 7 301 nafar;
Qirg‘iz Respublikasi — 2 845 nafar;
Turkiya — 2 195 nafar;
Janubiy Koreya — 1 839 nafar;
Qozog‘iston — 1 372 nafar;
Buyuk Britaniya — 693 nafar;
Xitoy — 672 nafar;
AQSH — 486 nafar;
BAA — 295 nafar;
Boshqa davlatlar — 1 292 nafar.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110817 | Инструменты