Huawei 1
Mart oyida biznes muhiti indeksi o‘tgan oyga nisbatan 8 bandga o‘sib, 57 bandni tashkil etdi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi respublika bo‘yicha tadbirkorlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar asosida 2025 yil aprel oyi uchun biznes muhiti tahlili natijalarini taqdim etdi. Olingan maʼlumotlarga asoslanib, biznesning holati va ularning kutilmalarini joriy baholashni tavsiflovchi konsolidatsiyalangan biznes muhiti ko‘rsatkichi shakllantirildi.

Biznes muhiti indeksi

Aprel oyida biznes muhiti indeksi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8 bandga oshdi va 57 bandni (-100 dan +100 shkalada) tashkil etdi, bu esa uzoq muddatli istiqbolda biznesning ishonchi mustahkamlanganidan dalolat beradi.

O‘zbekiston biznes muhiti dinamikasi

Biznes muhitining joriy holati indeksi o‘tgan yilning aprel oyiga nisbatan 11 bandga o‘sib, 41 bandni tashkil etdi.

Joriy biznes holati indeksi tadbirkorlarning mamlakatdagi savdo, bandlik, talab, resurslardan foydalanish, faoliyat muhitining barqarorligi kabi real vaziyat va biznes yuritish shartlari haqidagi tasavvurlarini aks ettiradi.

So‘rovnomaga ko‘ra, respondentlarning 38%i so‘nggi uch oyda o‘z bizneslari holati yaxshilanganini qayd etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6% bandga yuqori.

Bundan tashqari, respondentlarning 26%i so‘nggi oylarda o‘z ishchilari sonini ko‘paytirdi (bir yil avvalgi 20%ga nisbatan), bu nafaqat biznesga bo‘lgan ishonchning ortishi, balki kompaniyalarning operatsion faoliyatining kengayganidan dalolat beradi.

Shu bilan birga, biznesning istiqboldagi kutilmalari indeksi yil davomida 5 bandga oshib, 74 bandga yetdi. Tadbirkorlarning barqarorlikka ishonchi tobora ortib bormoqda.

Tadbirkorlarning aksariyati (78%i) kelgusida o‘z biznesining holati yaxshilanishiga ishonishadi, bu o‘tgan yilga nisbatan 5% bandga yuqori. Bandlikning kutilayotgan o‘sishi ancha yuqori darajada qolmoqda (61%), bu biznes kengayishi barqarorligini tasdiqlaydi.

Shu bilan birga, narxlar tushishini kutayotganlarning ulushi unchalik katta emas va atigi 7%ni tashkil etadi, bu esa joriy narxlar darajasini saqlab qolish umidlarini yoki o‘rtacha inflyatsiya kutishlarini aks ettirishi mumkin.

Sektor tahlili

Sanoat sektori barqarorlik va moʻtadil optimizmni ko‘rsatmoqda. Sanoatdagi tadbirkorlarning 41% biznesning joriy holatini yaxshi deb baholaydi, bu o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori. Ijobiy umidlar sezilarli darajada oshdi: tadbirkorlarning 83%i o‘tgan yilgi 76%ga nisbatan kelgusida biznesning holati yana-da yaxshilanishini bildirdi. Bu barcha tarmoqlar orasida optimizmning eng yuqori darajasidir. So‘nggi uch oyda ijobiy dinamikaning o‘sishi ham tasdiqlandi: 38% (+ 5 f.b.) biznedagi vaziyat yaxshilangani haqida xabar berdi.

Qishloq xo‘jaligi barqaror o‘sish surʼatlarini ko‘rsatmoqda. Tadbirkorlarning deyarli yarmi (46%) biznesning joriy holatini qoniqarli deb baholaydi. Bandlikning o‘sishi qayd etildi, respondentlarning 27% esa ishchilar soni o‘sganligini bildirdi, bu esa operatsiyalarning kengayishining belgisidir. Kelgusida biznes holati yana-da yaxshilanishni kutayotganlarning ulushi ham ortib, 79%ni tashkil etdi (+5 f.b.), bu qishloq xo‘jaligi sohasida ijobiy kayfiyatni aks ettiradi.

Xizmatlar sohasi qisqa muddatda eng katta faollikni ko‘rsatadi. Shunday qilib, respondentlarning 43% so‘nggi oyda talabning o‘sganligini qayd etdi, bu boshqa tarmoqlarga qaraganda yuqori. Ishtirokchilarning 42% biznesning hozirgi holatini yaxshi deb baholasa, 76% kelgusida biznes yana-da yaxshilanishni kutmoqda, bu esa isteʼmol talabining tiklanishi va sektorning iqtisodiy sharoitlarga moslashuvchanligini ko‘rsatishi mumkin.

Qurilish sektori, aksincha, turg‘unlikni ko‘rsatmoqda. Respondentlarning yarmidan ko‘pi (51%) biznes holati o‘zgarmaganini va faqat 19% yaxshilanishni kutayotganini aytdi, bu barcha sektorlar bo‘yicha eng past ko‘rsatkichdir.

Umuman olganda, tarmoqlararo tahlil shuni ko‘rsatadiki, sanoat va xizmatlar tiklanish bosqichida, qishloq xo‘jaligi o‘rtacha ijobiy trayektoriyani saqlab turibdi, qurilish esa biznesning ishonchi va faolligining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha orqada qolishda davom etmoqda.

Biznesning dolzarb muammolari

So‘rov turli iqtisodiyot tarmoqlarida biznes muhitidagi asosiy to‘siqlar va o‘zgarishlarni aniqladi.

Qishloq xo‘jaligida 10%dan 12%gacha moliyalashtirishdagi muammolar, shuningdek, 4%dan 6%ga yer olishdagi muammolar ko‘paydi. Past talab va korrupsiya bilan bog‘liq qiyinchiliklarning ortishi qayd etildi, garchi bu muammolar nisbatan past darajada qolmoqda.

Sanoatda, aksincha, to‘siqlar sonining qisqarishi kuzatilmoqda. Elektr taʼminoti bilan bog‘liq muammolar 7%dan 2%ga, soliq maʼmurchiligi – 10%dan 7%ga, gaz taʼminoti bilan bog‘liq muammolar 4%dan 1%ga, xomashyo narxlari va ularning yetishmasligi bilan bog‘liq muammolar 3%dan 1%ga kamaydi.

Qurilish sohasida past talab bilan bog‘liq muammolar 6%dan 1%ga, soliq maʼmurchiligi esa 6%dan 4%ga kamaydi. Shu bilan birga, moliyalashtirish bilan bog‘liq muammolar 8%dan 11%ga, elektr taʼminotida esa 2%dan 4%ga ko‘paygan.

Xizmatlar sohasida ham ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Moliyalashtirish bilan bog‘liq muammolar 16%dan 9%ga, past talab 8%dan 3%ga, yuqori soliq stavkalari 12%dan 8%ga, gaz taʼminotidagi muammolar 4%dan 1%ga kamaydi.

Umuman olganda, O‘zbekistondagi biznes muhiti ijobiy dinamikani namoyon etmoqda, moliyalashtirish va infratuzilma muammolari bilan bog‘liq ayrim qiyinchiliklarga qaramasdan, aksariyat tarmoqlarda ishbilarmonlik faolligining barqaror o‘sishi kuzatilmoqda, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasi eng katta optimizmni ko‘rsatmoqda, qishloq xo‘jaligi o‘rtacha o‘sishni taʼminlamoqda, qurilishda talabning pastligi va moliyalashtirishning cheklanganligi bilan bog‘liq qiyinchiliklar mavjud.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51921 | Инструменты