Huawei 1
Milliy bank yangi yil bayram tadbiri o'tkazishdan voz kechib, bolajonlarga sovg'a ulashdi

«Joriy 2020 yil barchamiz uchun oson kechmadi. Koronavirus pandemiyasi dunyodagi iqtisodiy jarayonlarga o'z ta'sirini  ko'rsatdi.
O'zbekiston Respublikasi  Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusiga asosan Hukumatimiz tomonidan koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari, mahalliy byudjetlar va boshqa sohalarni qo'llab-quvvatlash dasturi ishlab chiqildi.

Aholining ehtiyojmand qatlamlariga yordam ko'rsatish maqsadida «Saxovat va ko'mak»  jamg'armasining tashkil etilishi mana shunday tadbirlardan biri sanaladi. Jamg'arma davlat va jamoat tashkilotlarining, har bir o'zbekistonlikning ixtiyoriy va beg'araz yordam pullari bilan to'ldirilib kelinmoqda. O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki AJ ham «Saxovat va ko'mak» tashabbusida faol ishtirok etdi, oldinroq bank xodimlari ixtiyoriy ravishda o'z ish haqining bir qismini — umumiy miqdorda 965,0 million so'm mablag'ni Jamg'arma hisobiga o'tkazib berishdi.

Ushbu kasallikka qarshi kurashda har bir yurtdoshimizning qo'shayotgan hissasi bebahodir. Xalqimiz rahm-shavqat, mehr-oqibat, saxiylik va ulug'vorlik kabi insoniy fazilatlarni  ko'rsatib, umumiy maqsad yo'lida birlashdi. Pandemiyaga qarshi kurashda har qanday  xayrli ish, hoh u o'z qo'shnisiga yordam bo'lsin, yoki butun bir qishloqqa ko'rsatilgan ko'mak bo'lsin, juda muhimdir.

O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki  aksiyadorlik jamiyati davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlarda  hamisha  faol ishtirok etib kelmoqda.

“O'zmilliybank” AJ  Boshqaruvi 2020 yil 5 dekabrda o'tkazilgan yig'ilishida bir qator masalalarni muhokama qilib yangi 2021 yilga bag'ishlangan bayram korporativ tadbirini o'tkazishdan voz kechib, bu maqsadga rejalashtirilgan mablag'larni ham xayriya, aniqrog'i Toshkent viloyatining Piskent tumanidagi “Do'stlik” va “Novkent” mahallalarida joylashgan maktab, maktabgacha ta'lim maskanlari, 2 ta sport zali va 2 ta qishloq vrachlik punktini rekonstruksiya qilish hamda ta'mirlash ishlariga yo'naltirishga qaror qildi. Bank tomonidan ushbu ob'ektlar qurilishiga  jami bo'lib 4,6 mlrd. so'm mablag' beg'araz yordam sifatida ajratildi.

Ushbu tadbir xayriya  faoliyatiga qo'shilgan birinchi hissa emas.  Mamlakatimizda  bunyodkorlik, jumladan  ta'lim darajasini oshirish  yo'lidagi ishlar hali  davom etadi.  «Kuch ishonchda» shiori ostida  o'z faoliyatini yuritayotgan bank  bundan keyin ham  insonlarning turmush sifatini yaxshilash  va ularning  farovonligini  oshirishda o'zining xayrli ishlari  bilan yordam beradi», — deyiladi O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan berilgan bayonotda.

Reklama huquqi asosida

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11002 | Инструменты