Huawei 1
Qashqadaryoda 354,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

“O‘zenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Koson tumani "Arabxona" MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro A. Sh. ga qarashli suv nasosini shartnoma rasmiylashtirmasdan, o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 354,7 million so‘mlik zarar yetkazganligi ma‘lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32616 | Инструменты