2024-yil yanvar-sentabr oylarida 18 585 ta o‘rta tadbirkorlik subyekti tomonidan 18,6 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Shundan, 391,7 mlrd so‘mi 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 1,5 trln so‘mdan ziyod, qo‘llagan soliq imtiyozlari 27,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.
TOP-20 o‘rta tadbirkorlik subyektlari infografikada.
Ular tomonidan ta'minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:
- QQS – 136,7 mlrd so‘m;
- aksiz solig'i - 87,7 mlrd so‘m;
- JShODS - 37,5 mlrd so‘m;
- ijtimoiy soliq - 20,9 mlrd so‘m;
- boshqa soliqlar - 16,8 mlrd so‘m.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121301 | Инструменты