Huawei 2
O‘rta tadbirkorlik subyektlari I chorakda 7 trln so‘mdan ortiq soliq to‘lagan

2024-yil yanvar-mart oylarida 16 699 ta o‘rta tadbirkorlik subyekti tomonidan 7,3 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. 

Shundan 275,6 mlrd so‘mi 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 1,4 trln so‘mdan oshgan, qo‘llagan soliq imtiyozlari 73,5 mlrd so‘mni tashkil etgan.

TOP-20 o‘rta tadbirkorlik subyektlari infografikada.

Ular tomonidan ta'minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:

— QQS – 85,6 mlrd so‘m;
— foyda solig'i – 57,8 mlrd so‘m;
— JShODS - 46,5 mlrd so‘m;
— aksiz solig'i - 45,9 mlrd so‘m;
— ijtimoiy soliq - 24,3 mlrd so‘m;
— boshqa soliqlar - 15,5 mlrd so‘m.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga