Huawei 1
Toshkentda niqob taqqan holda daraxt kesgan shaxslar 5 sutkaga qamaldi

Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi maktab yonida 16 aprelga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar tomonidan 1 tup safora daraxti davlat raqami bo‘lmagan ekskavator yordamida ildizi bilan qo‘porib tashlangandi.

Bosh prokuratura axborot xizmati huquqbuzarlarning shaxsi to‘liq aniqlanib, tegishli protsessual chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini ma’lum qilgan edi.

Sud qaroriga ko‘ra, huquqbuzarlar D.E. va A.A.  Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 183-moddasi va 79-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilgan. Aybdor D.E. ga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi va 8 million 500 ming so‘m jarima jazosi tayinlangan. A.A.ga esa 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi va 17 million so‘m  jarima belgilangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101809 | Инструменты