Huawei 1
Malayziyaning Petronas kompaniyasi O‘zbekiston gaz sanoatiga qaytadi

O‘zbekiston Malayziyaning Petroliam Nasional Bhd (Petronas) kompaniyasi bilan hamkorlikda gazni qayta ishlash bo‘yicha ikkita yirik loyihani amalga oshirishni rejalashtiryapti. Bu haqda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov maʼlum qildi.

“Malayziyaning neft va kimyo sohasidagi eng katta Petronas kompaniyasi bilan ikkita yirik loyihani amalga oshirishga kelishib oldik. Birinchisi MTO texnologiyasi asosida gazni chuqur qayta ishlab, undan polimer ishlab chiqarish loyihasi bo‘ladi. Ikkinchisi gazdan “yashil” ammiak ishlab chiqarish loyihasi. Hozirda Yevropa, AQSH kabi davlatlarda yashil o‘g‘itlarga juda katta talab bor. Shuning uchun, bu iqtisodiyotimiz uchun juda ahamiyatli loyihalar”, - dedi Laziz Qudratov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, o‘zaro hamkorlik asosida Sirdaryo viloyatida IT sohasida qo‘shma korxona va o‘quv markazi ham tashkil qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51007 | Инструменты