Huawei 1
21-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Toshkentdagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

Haydovchilarga ushbu vaqt oralig‘ida aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilinmoqda.

Qozog‘iston O‘zbekiston bilan ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

Hujjat siyosiy, savdo-iqtisodiy, tranzit-transport, energetika, madaniy-gumanitar sohalarda, fuqaro mudofaasi va energetika sohalarida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan bo‘lib, xalqaro maydonda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashni nazarda tutadi.

Farg‘onada maktab direktori 14 yoshli o‘quvchi qizni do‘pposladi

Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘z kuzatuviga oldi. Hozirda mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Toshkentdagi G‘alaba bog‘i qisqa muddatga yopildi

Poytaxtning Olmazor tumanida joylashgan “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida shu yilning 20-may kunidan yangi ekspozitsiyalarni joylashtirish hamda majmua hududida kichik taʼmirlash va dezinfeksiya ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.

Toshkent shahrida Matiz urib yuborgan piyoda vafot etdi

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Toshkentda ushlangan yana bir jinoiy guruh a’zolariga sud hukmi o‘qildi

Toshkent shahri IIBB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda poytaxt hududida kriminogen vaziyatni yaxshilash yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida ushlangan yana bir jinoiy guruh a’zolariga sud hukmi o‘qildi.

Toshkent viloyatida mamlakatga to‘pponcha va harbiy anjomlar olib kirishga uringan shaxs to‘xtatildi

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

"Parij-2024": O'zbekiston tayyorgarlik mashg‘ulotlariga qancha mablag‘ sarfladi?

2024-yilning birinchi choragi davomida “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan 20 ta sport federatsiyasi va uyushmalar taqdim etgan talabnomalar asosida mahalliy hamda xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari uchun 73 milliard 355 million 700 ming so‘m miqdoridagi mablag‘lar yo‘naltirilgan va moliyalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari oliy darajadagi uchrashuvlar natijasida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi hamda bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlar rejasini muhokama qildi.

Makkada mushkul vaziyatda qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

Maʼlum bo‘lishicha, Makkada bo‘lgan vaqtida uning buyumlari va tegishli hujjatlari bo‘lgan sumkalari o‘g‘irlab ketilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Eronning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurdi

Davlat rahbari diplomatik vakolatxonada ochilgan Hamdardlik kitobiga samimiy ta’ziya va taskin so‘zlarini yozib qoldirdi. O‘zbekiston yetakchisi elchi Muhammadali Iskandariy bilan qisqa suhbatda Prezident Ibrohim Raisiy yetuk davlat arbobi va siyosatchi bo‘lgani, Eronning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, aholi farovonligini oshirishga hamda mamlakatning xalqaro obro‘sini mustahkamlashga, shuningdek, davlatlarimiz o‘rtasida o‘zaro manfaatli ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga ulkan hissa qo‘shganini alohida ta’kidladi.

Sirdaryodagi internat uyida ruhiy nosog‘lom bemorni mazax qilgan xodimlar ishdan olindi

Hozirgi kunda Sirdaryo tumani IIB tomonidan holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib bormoqda.

Mikrochip ta’minot zanjiri inqirozi: Tahlil

Sohibxon Solihov, ta'minot zanjiri sohasida malakali mutaxassis, Volkswagen, Peugeot Citroën, Schneider Electric va xorijiy savdo kompaniyasida tajribaga ega bo'lib, ta'minot zanjiri va mikrochiplar boshqaruvi bo'yicha o'z bilimlari bilan ulashdi.

Mahallalarda aholi muammolarini aniqlash bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi

“Mahallalarda aholi muammolarini aniqlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi eʼlon qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51009 | Инструменты