Huawei 1
Ispaniyaning "World2Fly" aviakompaniyasi O‘zbekistonga yo‘lovchi reyslarini yo‘lga qo‘ymoqda

Ispaniyaning "World2Fly" aviakompaniyasi Madridni Toshkent va Urganch bilan charter reyslar orqali bog‘laydi. Madrid-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha birinchi yoʻlovchi reysi 2024-yil 23-mayga belgilangan.

Toshkent –   Madrid – Toshkent va Urganch - Madrid - Urganch yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar har ikki haftada bir marta amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Parvozlar Airbus A330-300 rusumidagi samolyotlarda amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, charter reyslar iyun oyi oxirigacha davom etadi va 2024-yilning sentabridan oktyabriga qadar qayta tiklanadi.

"World2Fly" — 2020-yilda tashkil etilgan va shtab-kvartirasi Palma-de-Malyorkada (Ispaniya) joylashgan ispan aviakompaniyasi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51008 | Инструменты