O‘zbekiston Dubayda doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi ko‘rgazma zallari va savdo uylarini ochishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.
27-sentabr kuni forumda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Dubay o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Tomonlar yashil energiya, qishloq xo‘jaligi, turizm infratuzilmasi, transport va logistika sohalaridagi hamkorlikni ham muhokama qildilar.
Imzolangan hujjatga ko‘ra, BAA ishbilarmon doiralari delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish, ikki tomonlama ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishi va biznes-forum o‘tkazish rejalashtirilgan.
Tomonlar qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shma korxonalar yaratish, BAA va Fors ko‘rfazi mamlakatlariga mahalliy mahsulotlar eksportini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.
Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati ushbu tashabbuslar o‘zbek ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash va iste’mol talabi yuqori bo‘lgan hududda milliy mahsulotlarni ommalashtirishga qaratilganini ta’kidladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Qatarda mintaqaviy tarqatish markazini ochishi mumkin. Savdo-sanoat palatasi “Xamad” portining maydoni va ijara narxi haqida ma’lumot kutmoqda. “Qatar Airways” aviakompaniyasini yuk tashishga jalb etish rejalashtirilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100318 | Инструменты