Huawei 1
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP: 10 davlatlar qaysiligi ma'lum qilindi

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 57,3 mlrd AQSH dollariga yetgan.  

Bunda eng yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlat Xitoy bo'lgan. Uning O'zbekiston Tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 12,2 mlrd AQSH dollariga teng bo'lgan

Ikkinchi o'rinda Rossiya ($8,8 mlrd), uchinchi o'rinda esa Qozog'iston ($4 mlrd) bo'lgan. 

Quyida respublika tashqi savdo aylanmasida yetakchi ulushga ega bo'lgan davlatlar ro'yxati:

—  Turkiya – $2,8 mlrd

—  Koreya – $2,1 mlrd

—  Turkmaniston – $970 mln

—  Germaniya – $962 mln

—  Qirg‘iziston – $878 mln

—  Fransiya – $832 mln

—  Afg‘oniston –$ 784 mln

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122304 | Инструменты