Huawei 1
O‘zbekiston yashil vodorod ishlab chiqarishga tayyor

O‘zbekiston iyun oyidayoq yashil vodorod ishlab chiqarishni boshlashi mumkin. Bu haqda mamlakat energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov 13 may kuni Toshkentdagi CAEx xalqaro ko‘rgazma majmuasida boshlangan UEW-2025 O‘zbekiston xalqaro energetika haftaligida maʼlum qildi. 

«Umid qilamizki, Toshkent xalqaro investitsiya forumi (iyun oyi boshiga mo‘ljallangan — tahr.) davomida biz natijalarni namoyish etib, buni rasman eʼlon qila olamiz», — dedi Energetika vazirligi rahbari.

Energetika konferensiyasining panel sessiyasida so‘zga chiqqan vazir hozirgi kunda dunyoda atigi beshta davlat yashil vodorod ishlab chiqarish bilan shug‘ullanayotganini maʼlum qildi. Shunday qilib, O‘zbekiston ekologik toza yoqilg‘i turlaridan birini o‘zlashtirgan “vodorod” klubini oltinchi ishtirokchisiga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil noyabr oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ACWA Power (Saudiya Arabistoni) ishtirokida Toshkent viloyatida yashil vodorod ishlab chiqarish bo‘yicha pilot loyihaning qurilishiga start bergan edi. Qiymati 88 million dollarlik ushbu loyiha doirasida birinchi bosqichda 2025 yilda 3 ming tonna yashil vodorod ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

“O‘zkimyosanoat” maʼlumotlariga ko‘ra, Chirchiqda amalga oshirilayotgan loyihaning ikkinchi bosqichida yashil vodoroddan yiliga 500 ming tonnagacha ammiak ishlab chiqarish, shuningdek, quvvati 2,4 GVt gacha bo‘lgan shamol elektr stansiyalari majmuasini barpo etish ko‘zda tutilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51400 | Инструменты