O‘zbekistonda aholi jon boshiga YaIM hajmi 44,7 mln so‘mga yetdi: Navoiy va Toshkent shahri yetakchi

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi 44 692,3 ming so‘mni tashkil etdi. Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan real hisobda 6,4 foizga o‘sgan.

Hududlar kesimida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi hududiy mahsulot (YaHM) hajmi bo‘yicha keskin tafovutlar kuzatilmoqda. Yirik sanoat markazi bo‘lgan Navoiy viloyati hamda poytaxt Toshkent shahri respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan bir necha barobar oldinda bormoqda.

Hududlar kesimida aholi jon boshiga YaHM ko‘rsatkichlari:

Navoiy viloyati — 140 042,6 ming so‘m
Toshkent shahri — 114 477,7 ming so‘m
Toshkent viloyati — 47 612,7 ming so‘m
Buxoro viloyati — 36 707,9 ming so‘m
Sirdaryo viloyati — 34 166,9 ming so‘m
Jizzax viloyati — 33 869,6 ming so‘m
Samarqand viloyati — 26 816,2 ming so‘m
Xorazm viloyati — 26 760,4 ming so‘m
Andijon viloyati — 26 293,4 ming so‘m
Qashqadaryo viloyati — 24 874,0 ming so‘m
Farg‘ona viloyati — 24 472,3 ming so‘m
Namangan viloyati — 24 349,9 ming so‘m
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 23 547,4 ming so‘m
Surxondaryo viloyati — 21 609,1 ming so‘m

Raqamlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, respublika bo‘yicha faqatgina uchtagina hudud — Navoiy viloyati, Toshkent shahri va Toshkent viloyati mamlakatdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori natija qayd etgan. Eng quyi ko‘rsatkich esa Surxondaryo viloyatida qayd etilgan bo‘lib, u yetakchi Navoiy viloyatidan qariyb 6,5 baravarga ortda qolmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110415 | Инструменты