Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 17-noyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 11,90 so‘mga tushib, 12 270,10 so‘m bo‘ldi. Yevro 12,92 so‘mga pastlab, 13 315,51 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,53 so‘mga ko‘tarilib, 138,03 so‘mni tashkil qildi.