O‘zbekistonda Mobile ID dan foydalanish boshlandi
“Elektron hukumat” tizimlariga kirishda shaxsni identifikatsiyalash va tasdiqlashning yangi moduli – Mobile-ID (mobil telefon orqali) sinov tartibida ishga tushdi.
Endi ushbu modul yordamida fuqarolar doimo yonida olib yuruvchi mobil telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tib, barcha davlat xizmatlaridan (moliyaviydan tashqari) Elektron raqamli imzosiz foydalanishlari mumkin.
Faqat buning uchun smartfonga my.gov.uz mobil ilovasi yuklab olingan bo‘lishi kerak.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin 1-avgustdan O'zbekistonda Mobil-ID tizimi joriy etilishi haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51202 | Инструменты