Huawei 1
O‘zbekistonning davlat qarzi yil boshidan beri 2,2 mlrd dollarga oshdi

Joriy yilning birinchi choragi yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonning davlat qarzi 2,2 milliard dollarga oshgan. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi maʼlumotlarida keltirilgan.

O‘zbekistonning umumiy davlat qarzi 42,43 milliard dollarni tashkil etgan. Shundan tashqi davlat qarzi — 35,55 milliard dollar, ichki qarz esa — 6,8 milliard dollarni tashkil etadi.

Davlat qarzi yil davomida 7,82 milliard dollarga yoki 20% ga oshgan. Uning YAIMga nisbati ham 31,7% dan 33,5% gacha oshgan.

Eslatib o‘tamiz, 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston eng katta qarzni Jahon bankidan olgan — 7,64 milliard dollar. Undan keyingi o‘rinda Osiyo taraqqiyot banki — 7,41 milliard dollar.

Shuningdek, mamlakat Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankiga ($1,6 mlrd), Xitoyning eksport-import davlat banki va boshqa tashkilotlariga ($3,8 mlrd), Yaponiyaning xalqaro hamkorlik agentligi va boshqa yapon tashkilotlariga ($2,4 mlrd) qarzdor.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 53022 | Инструменты