Huawei 1
O‘zbekiston Braziliyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi mumkin

O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning oktyabr oyida Braziliya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushishi mumkin. Bu haqda “Wikipedia” ma’lumotlarida qayd etilgan.

Unga ko‘ra, joriy yilning 10 oktyabr kuni O‘zbekiston MTJ va Braziliya MTJ Yaponiyadagi “Saitama siti” stadionida o‘yin o‘tkazadi. Bu haqda ma’lumot platformning O‘zbekiston terma jamoasi uchun bag‘ishlangan sahifasida mavjud. Braziliya terma jamoasi sahifasida mazkur ma’lumot keltirilmagan bo‘lsada, aynan 10 oktyabr kuni ularning o‘rtoqlik o‘yinida qatnashishi qayd etilgan. Ushbu o‘rtoqlik o‘yinidan keyin – 14 oktyabr kuni “pentakampeonlar”ning “Kirin challenge cup” doirasida Yaponiya terma jamoasi bilan ham bahs olib borishi qayd qilingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60103 | Инструменты