“O‘zGASHKLITI” MCHJ sotuvga qo'yildi. Tashkilotning 2020-yilda sof foydasi 4,6 milliard so‘mni tashkil etgan
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “O‘zGASHKLITI” MChJ (Qurilish, geoinformatika va shaharsozlik kadastri davlat loyiha-qidiruv ilmiy-tadqiqot instituti) ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini sotish niyatida ekanligini ma’lum qildi.
Ta'kidlanishicha, Grant Thornton xalqaro kompaniya ushbu kelishuv bo'yicha agentlikning maslahatchisi hisoblanadi. UzAssets investitsiya kompaniyasi maslahatchi bilan birgalikda bitimni tashkil qiladi.
Kompaniya haqida qisqacha ma’lumot
“O‘zGASHKLITI” DUK 1963 yilda tashkil etilgan va o‘z faoliyatini O‘zbekiston davlat muhandislik-texnik tadqiqotlar instituti sifatida boshlagan.
Keyinchalik investorlarga sotish maqsadida 2021 yil avgust oyida Kompaniya mas’uliyati cheklangan jamiyat sifatida qayta tashkil etilgan.
Joylashgan manzili: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Qatortol ko‘chasi 38, maydoni 0,21 ga. Bino va inshootlarning maydoni 5 079 kv.m. Xodimlarning umumiy soni 738 kishi.
2020-yil davomida “O‘zGASHKLITI” DUK tomonidan 104,1 milliard so‘mlik ishlar bajarilib, 4,6 milliard so‘m sof foyda olingan.
Kompaniyaning asosiy aktivi bo‘lgan professional xodimlar jamoasi shaharsozlik obyektlari qurilishini loyihalash sohasida murakkab loyiha va tadqiqot ishlarini bajarishga qodir.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42719 | Инструменты