Ohangaronda Xitoy bilan hamkorlikda aerodrom quriladi

Shenchjen shahrida O‘zbekiston-Xitoy biznes forumi davom etmoqda.

Forum doirasida vakillarimiz ishtirokida bir qator shartnomalar imzolandi, yangi loyihalarga asos solindi.

Xususan, Ohangaron tumani "Yangi hayot" MFYda yuz foiz Xitoy kapitali ishtirokida Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan xususiy aerodrom qurish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Loyiha qiymati 380 million AQSH dollari. Qurilish ishlari joriy yilning ikkinchi yarmida boshlanishi rejalashtirilgan.

Forum doirasida, shuningdek, B2B, G2B formatda muloqotlar o‘tkazildi. Zoyir Mirzayev hamda ayni paytda Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turgan tuman-shahar hokimlari bilan Xitoy investorlari o'rtasida muzokara va muloqotlar davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50221 | Инструменты