Huawei 1
Olti oyda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yashil energiya miqdori 5 mlrd kVt/soatga yetdi

Joriy yil boshidan buyon O‘zbekistonda 5 mlrd kVt/soat “yashil” elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

6-iyul holatiga ko‘ra, quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2025-yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori 5 mlrd kVt/soatga yetdi. Bu kuniga o‘rtacha 26,7 mln kVt/soat elektr energiyasini tashkil etdi.

Mazkur generatsiyaning 3,12 mlrd kVt/soatlik qismi quyosh elektr stansiyalari tomonidan, 1,91 mlrd kVt/soatlik qismi esa shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarildi.

Natijada 1,51 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalib, atmosferaga 2,22 mln tonnadan ortiq zararli gazlar chiqishining oldi olindi.

Bundan tashqari, joriy yil boshidan bugun, 7-iyul soat 08:00 ga qadar O‘zbekistondagi barcha gidroelektr stansiyalari va quyosh hamda shamol elektr stansiyalari tomonidan 8,74 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu joriy yildagi jami generatsiyaning 20,3%ini tashkil qiladi.

Buning natijasida esa 2,64 mlrd kub metr tabiiy gaz tejaldi hamda atmosferaga 3 ,88 mln tonnadan ortiq zararli gazlarning chiqishi oldi olindi. Mazkur hajmdagi elektr energiyasi 7,28 mlnta xonadonning olti oylik yoki 3,64 mlnta xonadonning bir yillik me’yoriy bazasini tashkil qiladi.

Hozirda mamlakatning 10 ta viloyatida umumiy quvvati 4,11 GVt bo‘lgan 11 ta quyosh fotoelektr hamda 4 ta shamol elektr stansiyalari ishlab turibdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72902 | Инструменты