Toshkent shahrida kushxonadan qochib, odamlarga tashlangan buqa otib o‘ldirildi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, tungi soat taxminan 2:00 larda Chilonzor tumani Ichki ishlar bo‘limiga kushxonadan qochgan qoramol odamlarga hujum qilayotgani haqida xabar kelib tushgan. Shunga asosan IIO xodimlari hodisa joyiga yetib borgan.
Xodimning taʼkidlashicha, buqa fuqarolarga qarab yugurgani sababli xizmat avtomobilida yo‘lni yopishga majbur bo‘lgan. Ammo qoramol inspektorni ham suzgan va u tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Shundan so‘ng, buqa Bekto‘pi ko‘chasida boshqa fuqarolarga shikast yetkazmasligi uchun otib o‘ldirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82314 | Инструменты