Huawei 1
Investitsiya faoliyati zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi

“Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan investisiya faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–255-son, 21.08.2025-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, 2025-yil 1-oktabrdan 2026-yil 1-oktabrgacha investisiya platformalaridan “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimida quyidagi yo'nalishlarda foydalanishga ruxsat beriladi:

- qimmatli qog'ozlarni joylashtirish va sotib olishda;

- venchur va pay fondlarini moliyalashtirishda;

- kommandit shirkatlarga hissa kiritishda.

Investitsiya platformalari operatori uchun quyidagi talablar belgilandi:

- rezident yuridik shaxs maqomiga ega bo'lishi;

- vakolatli davlat organi tomonidan yuritiladigan maxsus elektron reestrga kiritilgan bo'lishi;

- o'z faoliyatini vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadigan qoidalarga muvofiq amalga oshirishi;

- investisiya platformasi orqali rasmiylashtirilgan shartnomalar reyestrini yuritishi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82313 | Инструменты