Orient Logistics – O'zbekiston transport logistika sektorini rivojlantirish bo'yicha hukumat dasturini amalga oshiradigan loiyha.
Orient Logistics – O'zbekiston transport logistika sektorini rivojlantirish bo'yicha hukumat dasturini amalga oshiradigan loiyha.
Orient kompaniya guruhining birinchi logistika loyihasi Universal Logistics Services bo'ldi. Uning faoliyati 2014 yilda boshlangan va ushbu davr mobaynida mahalliy va tashqi bozorlarda katta obro'-e'tiborga sazovor bo'ldi.
Bu konteyner, vagon, katta hajmdagi va donali yuklarni qabul qilish va ular bilan ishlash bo'yicha zamonaviy terminal bo'lib, “Chuqursoy” saralash stansiyaning yuk hududida joylashgan. Uning hududida “Chuqursoy” bojxona posti joylashgan.
Terminalning umumiy maydoni 10,9 gektar, yiliga 120 000 ta konteynerni qabul qila oladi. Terminalda kirib kelayotgan vagonlar bilan ishlash uchun 6 ta temir yo'l kirish yo'llari mavjud. Ob'ekt hududida 6 000 m2 dan ziyod maydonda bojxona omborxonalari hamda g'ildirakli texnikani qabul qilish uchun temir yo'l rampasi joylashgan.
Terminalning asosiy xususiyati – Qozog'iston chegarasiga yaqinligi, bu esa tezkor vagon aylanmasi uchun birinchi o'rindagi ahamiyatga ega. Bu Toshkent va Vladivostok o'rtasida qatnaydigan poyezdlarni qabul qilish bo'yicha yagona terminal.
2019 yilning yanvar oyida Chukursay Logistics Center loyihaning faol qurilishi boshlandi.
Maydoni 8,5 gektarga teng ob'ektda konteynerli terminal, maydoni 7 000 m2 dan ziyod “A” sinfiga mansub omborxona majmuasi, nazorat-o'tkazish punktlari, ofis binosi va yuk avtomobillari uchun to'htash joyi mavjud.
Loyiha tufayli terminalning o'tkazish quvvati yiliga qo'shimcha 100 ming konteynergacha oshirildi. Hudud kirib kelayotgan vagonlardan yuklarni tushirish uchun zarur uchta temir yo'li bilan jihozlangan.
Ushbu sektordagi ilg'or kompaniyalardan biri - Orient Logistics. Hozirgi kunda “Toshkent- Tovarnaya” stansiyaning ishlab chiqarish qismi negizida ilg'or chet ellik texnologiyalarni qo'llagan xolda zamonaviy logistika markazi qurilmoqda.
1-bosqich (2019-2020):
▪ 20 000 m2 ga teng yangi konteynerlar uchun terminal qurilishi yakunlandi, 2019 yilning oktyabr oyida to'liq ishga tushirildi;
▪ qog'oz uchun omborxona soyaboni, «A» sinfiga mansub 8000 m2 maydonga ega omborxona majmuasi, metall va yog'och uchun 3000 m2 ga teng maydoncha ishga tushirildi
2-bosqich (2020-2022):
▪ konteynerlar uchun terminalni 32 000 m2 gacha kengaytirilishi – terminalni qabul qilish quvvati yiliga 120 000 ta konteynerni tashkil qiladi
▪ «A» sinfiga mansub maydoni 14000 m2 ga teng qo'shimcha omborxonalar qurilishi
▪ avtomobil haydovchilari va majmuaga tashrif buyurganlar uchun qulay sharoitlarni yaratish uchun 20 000 m2 dan ziyod maydon tashqi va ichki infratuzilma ob'ektlar qurilishi
▪ maydoni 2000 m2 ga teng yangi ofis binosi
Terminallar Oracle — Solvo.TOS negizidagi IT-platforma bilan jihozlangan. Bundan tashqari, loyihalarda yetakchi xalqaro kompaniyalarning tizimi va asbob-uskunalaridan foydalaniladi:
▪ Omborxona majmualari UCHGE kompaniyasining baland stellajlarda saqlash zamonaviy tizimi bilan jihozlangan;
▪ Jungheinrich nemis asbob-uskunasi kirib kelayotgan yuklar oqimini zudlik bilan ishlov berishga imkoniyat beradi;
▪ Solvo Warehouse Management System tizimi yordamida omborxona amaliyotlari ichida yuk oqimlarini samarali nazorat qilish mumkin.
ULS, Chukursay Logistics va Orient Logistics loyihalari – bu Orient kompaniyalari guruhi, «Uzbekiston Temir Yullari» AJ va «Uztemiryulkonteyner» AJlarining logistik sektor rivojlantirishga qo'shgan hissasidir. Hukumat dasturiga muvofiq, ushbu loyihalar tufayli O'zbekistonning tranzit salohiyati va transport-logistik tizimi yaxshilanadi.
Reklama huquqi asosida
Alpha version: 0.9.1.19 build 50219 | Инструменты