Huawei 1
Ozarbayjon, Qozog'iston va O'zbekiston o'rtasida yashil energiyani rivojlantirish va uzatish sohasida strategik sheriklik to'g'risidagi bitim tasdiqlandi

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-101-son, 14.03.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, Ozarbayjon, Qozog'iston va O'zbekiston Respublikalari o'rtasida yashil energiyani rivojlantirish va uzatish sohasida strategik sheriklik to'g'risidagi bitim tasdiqlandi.

Bitim 2024-yil 13-noyabrda Boku shahrida imzolangan.

Energetika vazirligi xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas'ul bo'lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda uning qoidalarini amalga oshirish ustidan nazoratni ta'minlaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31517 | Инструменты