O'zbekiston 2 oyda 3 502 ta elektromobil sotib oldi

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024 yilning yanvar-fevral oylarida xorijdan qiymati 85,7 mln AQSH dollariga 3 502 ta elektromobil import qilgan. 

Elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2663 taga yoki 4 barobarga oshgan.

O‘zbekiston 2 oyda 7 ta xorijiy davlatdan elektromobil import qilgan.

2 oyda O‘zbekiston eng ko‘p elektromobil import qilgan davlatlar:

— Xitoy – 3 479 ta;

— BAA – 8 ta;

— Gonkong – 5 ta. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты