Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning may oyida bodring narxlari aprel oyiga nisbatan oʻrtacha 19,7 % ga arzonlashgan.
Bodring narxlari 2023-yil boshidan buyon oʻrtacha 54,7 % ga arzonlashgani kuzatilgan.
2023-yilning may oyida oʻtgan oyga nisbatan:
Pomidor narxlari - oʻrtacha 20,5 % ga arzonlashgan.
Baqlajon narxlari - oʻrtacha 25 % ga arzonlashgan.
Sabzi narxlari - oʻrtacha 3 % ga oshgan.
Piyoz narxlari - oʻrtacha 12,1 % ga arzonlashgan.
Kartoshka narxlari - oʻrtacha 0,5 % ga arzonlashgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112801 | Инструменты