Huawei 1
27-noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Toshkentda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Isuzu haydovchisi halok bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarini hisoblashning yangi tartibi tasdiqlandi

Ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy jamg‘arib boriladigan pensiya badallarini hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

O'zbekistonning birinchi elchisi Chernogoriya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O'zbekistonning Chernogoriyadagi birinchi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oybek Shaxavdinov Chernogoriya prezidenti Yakov Milatovichga ishonch yorliqlarini topshirdi.

O‘zbekistondagi bir guruh fuqarolar xorijdagi xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgani aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Chet elda ota-ona nazoratisiz qolgan 3 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari ko'magida Novosibirsk va Moskva shaharlaridan xalqaro kelishuvlarga muvofiq, uch nafar voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi Vatanga qaytarildi.

Milliy simfonik orkestri faoliyati qo‘llab-quvvatlanadi

Davlat organlari, muassasalari va korxonalari o‘z xodimlarini milliy va jahon mumtoz musiqa sanʼati asarlari bilan tanishtirishi uchun chiptalar va abonementlar sotib olish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

10 oyda O'zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 54,4 mlrd dollarga yetdi

Eksport hajmi 22,4 mlrd dollarga, import hajmi esa 31,9 mlrd dollarga yetdi.

Faol nuroniylar har oy rag'batlantiriladi

“Kambag'allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga  faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Qaror bilan mahallalarda katta hayotiy tajribaga ega bo'lgan obro'-e'tiborli uch nafar faol nuroniy beshta kambag'al oilaga biriktiriladi.

Andijonda 300 metrli osma ko‘prik qurilmoqda

Ko‘prik “Orzu” deb nomlanadi, undan bir vaqtni o‘zida jami 40 nafar sayyohatchilar foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Toshkent shahridagi ayrim avtobus yo‘nalishlari harakati vaqtincha o‘zgartirildi

2024-yil 27-noyabrdan 25-dekabrgacha ayrim avtobus yo‘nalishlari harakati vaqtincha o‘zgartiriladi.

O'zbekistonda bukmekerlik xizmatlarini targ'ib qiluvchi 30 ga yaqin sayt bloklandi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni targ‘ib qilishga qaratilgan veb-saytlar yuzasidan doimiy o‘rganish va tahlillar olib borilmoqda.

Rossiyadan Toshkent atrofidagi qatnovlar uchun elektropoyezd keltirildi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati Rossiyadan Toshkentdan shahar atrofi qatnovlari uchun foydalaniladigan yangi elektropoyezd oldi.

Markaziy bank bitta foydalanuvchiga beriladigan kartalar sonini cheklashni rejalashtirmoqda

Behzod Hamrayevning ta’kidlashicha, ayrim mijozlar yuzlab kartalarga ega bo‘lib, bu firibgarlar tomonidan kartalardan mablag‘larning o‘zlashtirilishiga olib kelmoqda.

Samarqandda tadbirkorning 6,4 mlrd so‘m mablag‘ini qimorda yutqazgan hisobchi ushlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘zbekistonda jamoat transporti va umumiy ovqatlanish muassasalarining tun-u kun ishlashini tashkil etish rejalashtirilmoqda

Strategik islohotlar agentligi tomonidan O‘zbekistonda rivojlangan davlatlar tajribasi asosida tungi iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha qator takliflar ishlab chiqildi.

To‘lov terminallariga MSS-kodlar biriktiriladi

Markaziy bank boshqaruvining "O‘zbekiston hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida"gi qarori qabul qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112721 | Инструменты