Huawei 1
Turk banklari 50 va 100 dollarlik eski banknotalar xaridini to‘xtatdi

Turkiyaga 600 million dollarlik soxta 50 va 100 dollarlik kupyuralar olib kirilgani iddaosi ortidan banklar va valyuta ayirboshlash shoxobchalari xaridni to‘xtatdi. Ma’lum bo‘lishicha, pul hisoblagichlari va bankomatlar soxta banknotlarni ajrata olmayapti.

Ta’kidlanishicha, bozorda 1 yarim oydan beri soxta 50 va 100 dollarlik muomalada yuribdi. Ushbu banknotalar dasturiy ta’minot yangilanmagan pul hisoblagichlaridan o‘tayotgani ma’lum bo‘lgach, banklar va ayirboshlash shoxobchalari ularni sotib olishni to‘xtatdi.

Bir muddat oldin O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ham Turkiyadagi fuqarolarini soxta kupyuralar borasida ogohlantirgan edi. 

TV100 telekanalida so‘zlagan pul bozorlari bo‘yicha mutaxassis Islom Memish, jumladan, «texnologiya qanchalik rivojlangan bo‘lsa, qalbaki pul sotuvchilarning ishi shunchalik osonlashishi, ular sun’iy intellekt kabi zamonaviy texnologiyalardan foydalanishi hamda raqamli uskunalar sabab aldanib qolmaslikning iloji bo‘lmayotgani»ni aytgan.

Xususan, RIA nashri Anqarada aksariyat banklar yuqoridagi xavotirlar sabab 50 va 100 dollarlik eski banknotalarni qabul qilmayotganini yozdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112721 | Инструменты