Huawei 1
Andijonda elektr skuter ishlab chiqariladi

Joriy yil boshida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Xitoy davlatida bo‘lib, bir qancha kompaniyalar bilan turli yo‘nalishda yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuv va memorandumlar imzolagan edi.

O‘tgan davr mobaynida ana shu hamkorlik doirasida loyihalarni amalga oshirishga kirishildi, shu kunlarda ularning qatoriga yana ikkita yirik loyiha qo‘shildi.  

Andijon viloyatidagi 218 gektar yer maydoniga ega bo‘lgan “Ipak yo‘li” erkin iqtisodiy zonasida rangli metall konstruksiyalari va elektr skuterlar ishlab chiqarish zavodlari qurilishi boshlandi.  

Keng jamoatchilik vakillari, xitoylik investorlar ishtirokida zavodlar qurilishiga bag‘ishlangan marosimda O‘zbekiston – Xitoy hamkorligi istiqbollari, hamkorlik doirasida Andijonda olib borilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi, yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.  

Xitoy bilan hamkorlikdagi “CHINA BAOLI” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan umumiy qiymati 200 million AQSH dollariga teng loyiha doirasida yiliga 45 ming tonna rangli metall konstruksiyalari ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona barpo etiladi. Eksport hajmi esa yillik 18 million dollarni tashkil etadi.  

Loyiha 2026 yilda foydalanishga topshirilishi belgilangan bo‘lib, 400 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.  

Elektr skuterlar ishlab chiqarish loyihasining umumiy qiymati 10 million AQSH dollarini tashkil etadi. Mazkur korxonada yiliga 2 million dona elektr skuter ishlab chiqariladi. Yiliga 5 million dollar qiymatdagi mahsulotni eksport qilish ko‘zda tutilgan.  

Ushbu loyiha amalga oshirilishi bilan 300 nafar andijonliklar doimiy ish o‘rniga ega bo‘ladi. Loyiha 2025 yil yakuniga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120300 | Инструменты