Statistika agentligining maʼlumotlariga ko‘ra, 2024 yilning 1 noyabr holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 15 297 tani tashkil etgan.
Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 278 taga ko‘paygan.
Hududlar kesimida xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni:
- Toshkent shahri – 9 949 ta
- Toshkent viloyati – 1 755 ta
- Samarqand viloyati – 597 ta
- Surxondaryo viloyati – 471 ta
- Farg‘ona viloyati – 497 ta
- Andijon viloyati – 326 ta
- Buxoro viloyati – 350 ta
- Namangan viloyati – 209 ta
- Navoiy viloyati – 242 ta
- Qashqadaryo viloyati – 151 ta
- Jizzax viloyati – 205 ta
- Sirdaryo viloyati – 227 ta
- Xorazm viloyati – 142 ta
- Qoraqalpog‘iston R. – 176 ta.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120214 | Инструменты