Huawei 1
Markaziy bank firibgarlardan ogohlantirdi

Hozirgi kunda firibgarlarning internet tarmog‘idan soxta telefon raqamlari orqali fuqarolarga qo‘ng‘iroq qilish holatlari kuzatilmoqda. Bunda firibgarlar Markaziy bank xodimi sifatida o‘zini tanishtirib, fuqarolarning ishonchiga kirishga urinmoqda.

Bundan tashqari, firibgarlar telegram messenjerida "Markaziy bank"ning soxta kanalini yaratib, fuqarolarning bank kartalariga oid maʼlumotlarini qo‘lga kiritish orqali kartadagi pul mablag‘larini o‘zlashtirmoqda.

Markaziy bank bu kabi xabarlar va akkauntlarga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hech qanday aloqasi yo‘qligini maʼlum qiladi.

Fuqarolar uchun quyidagi maʼlumotlar eslatib o‘tiladi:

- Markaziy bank jismoniy shaxslarga kreditlar ajratmasligini va moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanmasligini yodda tuting.

- Fuqarolardan ushbu xabarlarga eʼtibor qaratmaslik va bank kartalari maʼlumotlarini uchinchi shaxslarga bermaslik, hech qanday havolaga kirmaslik so‘raladi.

- Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish jarayonida regulyatorning tarmoqlardagi verifikatsiyalangan sahifalaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120214 | Инструменты