Nigeriya armiyasi Niger daryosi deltasidagi neft kontrabandachilariga qarshi maxsus operatsiya o‘tkazgan va neftni qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi korxonalar yo‘q qilingan. Bu haqda armiya vakili Danjuma Jona Danjuma ma’lum qildi.
Danjumaning so‘zlariga ko‘ra, operatsiya natijasida 56 korxona yo‘q qilingan, 1,2 million litr neft musodara qilingan. Shuningdek, bu noqonuniy ishlarga aloqador 17 kishi qo‘lga olingan va kontrabandachilarga tegishli 20 ta kichik kemalar tortib olingan.
Neftning noqonuniy iste’moli Nigeriya iqtisodiyotiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Senator Ned Nvokoning ma’lum qilishicha, 2023 yilda neft o‘g‘irlash va quvurlarga qilingan hujumlar tufayli mamlakat 3 milliard dollardan ortiq zarar ko‘rgan.
Nigeriyaning tasdiqlangan neft zaxiralari taxminan 37 milliard barrelni tashkil etib, bu jahon zaxiralarining 3,1 foiziga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, Nigeriya dunyoning eng yirik neft ishlab chiqaruvchi 15 mamlakati qatoriga kiradi, eng ko‘p neft zaxiralariga ega bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatida 8-o‘rinda va neft eksport qilish bo‘yicha 6-o‘rinda turadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120216 | Инструменты