Qoraqalpog‘istonda umumiy quvvati 1500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi quriladi

Bugun, 23-dekabr kuni Toshkent shahrida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi bilan Qoraqalpog‘istonda umumiy quvvati 1500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnomalar imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Saudiya Arabistoni Investitsiyalar vaziri Xalid al-Falih, “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan, O‘zbekiston Energetika vaziri, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Mazkur yirik quvvatli shamol elektr stansiyasi 2026-yilda ishga tushirilishi, yiliga 5,2 mlrd kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarishi va buning natijasida yiliga 1,5 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishi rejalashtirilgan.

Ahamiyatlisi, stansiyada 300 MVt/550 MVt-soat elektr saqlash kimyoviy batareyalari (akkumulyatorlar) o‘rnatiladi. Ushbu batareyalar shamol turbinalaridan chiquvchi o‘zgaruvchan elektr energiyasini rostlab beradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72310 | Инструменты