Buxoroda yana bir pedofil mast holda 8 yoshli qizga nisbatan buzuq qiliqlar qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida voyaga yetmagan qizga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etilgani to’g’risida xabar tarqaldi.

Videoda pedofil mast holdaligi, qizga jinsiy a'zosini ko'rsatib, qo'lini "jim" deya labiga tekkizib, chetroqda chaqirgan. Holat qo'shnining kuzatuv kamerasiga muhrlangan. 

Holat yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi rasmiy munosabat bildirdi. 

Aniqlanishicha, shu yil 23-oktabr kuni Qorako‘l tumani hududida fuqaro Sh.R. tomonidan 2018-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qorako‘l tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 129-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov jarayoni prokuratura nazoratida.

Qorako‘l tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan voyaga yetmagan qizning holati o‘rganilib, unga zarur ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda.

Mazkur holat Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan nazoratga olingan. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102818 | Инструменты