Noyabrning birinchi 10 kunligi iliq, keyingilari nisbatan sovuq bo'ladi, yomg'ir ham qor ham yog'adi - "O'zgidromet"

Iqlim ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida o‘rtacha havo harorati oktabr oyiga nisbatan 6-7 darajaga, shimolda va cho‘l hududlarda 8-9 daraja past bo‘ladi.

Oy davomida shimoliy va shimoliy-g‘arbiy yo‘nalishlardan kirib keluvchi sovuq havo massalarining ta’siri kuchayadi, shu sababli havoni keskin sovib ketish ehtimoli sezilarli darajada oshadi.

Noyabr oyining iqlim sharoiti mamlakat hududi bo‘yicha sezilarli darajada farq qiladi: janubda ancha yumshoq harorat tartibi saqlanib turadi, shimoliy huudlarda esa sovuq odatda ertaroq boshlanadi va kuchliroq namoyon bo‘ladi. Tekislik va tog‘li hududlar o‘rtasidagi harorat tafovuti ancha kuchayadi.

Noyabr oyida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, vaqti-vaqti bilan qorga aylanadi) oktabr oyiga nisbatan tez-tez kuzatiladi va u davomiy va jadal bo‘ladi.

Ko‘p yillik davr uchun o‘rtacha yog‘ingarchilik miqdori respublikaning shimoli-g‘arbiy tumanlari va cho‘l zonasida eng kam - 8 mm dan 17 mm gacha, Farg‘ona vodiysining ba’zi joylarida va respublika janubining ayrim hududlarida esa 20 mm dan 30 mm gacha yog‘adi.

Yog‘ingarchilik asosan yomg‘ir ko‘rinishida yog‘adi, sovish davrlarida esa qorga aylanadi.

Oyning birinchi o‘n kunligi nisbatan iliq bo‘lib, harorat asosan kechalari 5-10 daraja iliq, kunduz kunlari 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Oyning ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida harorat fon pasayadi, harorat kechalari 3-8 daraja iliqdan 2 daraja sovuq-3 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 15-20° daraja iliqdan 5-10 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.

Oyning ayrim kunlarida asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Harorat pasaygan davrlarda yomg‘ir qisqa muddatga qorga aylanishi ham istisno emas.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102816 | Инструменты