Huawei 1
Qozog‘iston Rossiya donining O‘zbekistonga reeksportini chekladi

Qozog‘istonda uchinchi davlatlar va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidan (YeOII) bug‘doy importiga joriy qilingan taqiq Rossiya g‘allasining Xitoy va O‘zbekistonga reeksportini 2024 yil oxirigacha cheklashga olib keldi. Bu haqda Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov ma’lum qildi.

“Ichki bozorni himoya qilish maqsadida, avvalroq, Qozog‘iston uchinchi davlatlar va YeOIIdan bug‘doy importini taqiqlash haqida qaror qabul qilgan edi. Bu esa Rossiya g‘allasining O‘zbekiston va Xitoyga reeksportini chekladi”, dedi Bektenov.

Bosh vazir, shuningdek, 2024 yilda Qozog‘iston orqali YeOII davlatlarining tranzit yuklari uchun yagona tarif darajasi oshirilganini ma’lum qildi.

“Masalan, Rossiya g‘allasining Qozog‘iston orqali Qirg‘izistonga eksporti uchun tarif ikki baravar oshirildi”, dedi Bosh vazir.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112718 | Инструменты