Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 21 noyabr kuni Furqat tumanudagi Istiqlol ko‘chasidagi savdo do‘konlari oldiga tadbirkor kameralar o‘rnatmoqchi bo‘lgan. Ushbu jarayonda fuqarolar F.R. (ayol) , D.Yu., U.M. hamda voyaga yetmagan A.A. qarshilik qilgan. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar qildi.
Mazkur holat yuzasidan qilingan murojaat asosida, tuman IIB profilaktika inspektorlari hodisa joyiga yetib borib, fuqarolarni tinchlantirishga harakat qilgan. Biroq ushbu fuqarolar jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan janjal ko‘targan.
Aniqlanishicha, ular IIB xodimlarining qonuniy talabini bajarmay, faol qarshilik ko‘rsatib, kuch ishlatgan. Bundan tashqari, xodimlarning xizmat kiyimiga zarar yetkazgan.
Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112720 | Инструменты