Huawei 1
To‘lov terminallariga MSS-kodlar biriktiriladi

Markaziy bank boshqaruvining «O‘zbekiston hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi qarori qabul qilindi.

Nizom “MCC-kod” tushunchasi bilan to‘ldirilmoqda. U savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyat turini tasniflaydi.

Banklar to‘lov terminallarini texnik jihatdan mijozga biriktirish paytida uning faoliyati turidan kelib chiqib MCC-kodlarini, terminal va to‘lov turi, mijozning identifikatsiya maʼlumotlari va to‘lov tizimi operatori qoidalarida belgilangan tegishli maʼlumotlarni bank axborot bazasiga kiritishi lozim.

Bunda mijozning faoliyat turi va tegishli maʼlumotlari o‘zgargan taqdirda, mijoz 3 bank ish kunida xizmat ko‘rsatuvchi bankiga tegishli maʼlumotni taqdim etadi va bank tomonidan 1 ish kuni mobaynida mijozga biriktirilgan terminal maʼlumotlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112720 | Инструменты