Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbirlari oʼtkazildi.
Reyd davomida Ohangaron tumanida yashovchi fuqaro S.Sh. tomonidan tumanning togʼ yon bagʼrida qoʼlbola yasalgan sirtmoq orqali bir bosh boʼrsiq ovlanganligi aniqlandi. Natijada hayvonot dunyosiga 750 ming so‘m zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan MJtKning 90-moddasi 4-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Unga bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari (7 million 500 ming so‘m) miqdorida jarima qoʼllanildi. Ish yuzasidan hujjatlar holatga huquqiy baho berish uchun Angren shahar sudiga yuborildi.
Ayni damda Ekologiya vazirligi va hududiy boshqarmalar inspektorlari tomonidan hayvonlarni noqonuniy ovlash, o'simliklarga shikast yetkazish va boshqa ekologik huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112720 | Инструменты