Huawei 1
Quyi Chirchiq tumani va Xitoy oʻrtasida 83 million dollarlik shartnomalar imzolandi

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi davomida tumanga 2024-2025-yillarda 3 ta sanoat yo‘nalishidagi loyihalarni amalga oshirish va buning natijasida 33 million dollarlik investitsiya jalb qilishga kelishildi.

Shuningdek, Quyi Chirchiq tumanidan Xitoy davlatiga sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini amalga oshirish yuzasidan 50 million dollarlik, har ikki loyihadan jami 83 million dollarlik shartnomalar imzolanishiga erishildi.

Bundan tashqari, Xitoyning Uyg‘ur avtonom viloyati, Turfan shahri bilan doʻstlik hamkorligini yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishib olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82504 | Инструменты