Shuningdek, kompaniya ta’lim kontentini o‘zbek tiliga tarjima qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
Rossiyaning texnologik taʼlim tarmogʻi “IThub” xorijiy bozorlarga, jumladan, Markaziy Osiyoga ham chiqishni rejalashtirmoqda. Hozirda kompaniya biznesni rivojlantirish uchun O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Kipr, Isroil va Indoneziya bozorlariga kirishi mumkin.
Xabarga ko‘ra, “IThub” ta’lim kontentini o‘zbek tiliga tarjima qilish imkoniyati haqida o‘ylamoqda.
“IThub” qachon tashkil topgan?
“IThub” kompaniyasi 2015-yilda tashkil topgan. Uning tarkibiga axborot texnologiyalari kolleji, akademiya, IT-mutaxassislarini sertifikatlash test markazlari kiradi. Uning kollejlari Moskvada, Yekaterinburg, Rostov-na-Donu, Maxachqal’a va Vladivostokda franchayzing bo‘yicha faoliyat yuritadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50220 | Инструменты