Huawei 1
Shaftoli va danagining siz bilmagan foydali xususiyatlari bir sahifada

Shaftolini nafaqat yangiligida isteʼmol qilsa bo‘ladi, balki qayta ishlashga yo‘naltirib, undan sharbat tayyorlash, quritish hatto danagidan moy olish ham mumkin. Qishloq xo'jaligi vazirligining ma'lum qilishicha, 2021-yilda respublikaning 21,4 ming gektar shaftoli bog‘zorlaridan 193,3 ming tonna mahsulot yetishtirildi. Shundan 24,3 ming tonnasi qayta ishlash korxonalariga yo‘naltirilgan.

Qayta ishlash jarayoni

Sifatli mahsulotlar olish uchun shaftolini daraxtidan pishib yetilishiga qarab qo‘lda ikki, uch marta teriladi. Uning danagini yig‘ish va tayyorlash, ularni qayta ishlash, ayniqsa, mevasini quritish, korxonalarda ko‘proq amalga oshiriladi. 

Shaftoli mevalarini quritishda sifatli mahsulot tayyorlash uchun meva po‘sti olinadi. Buning uchun saralangan va maxsus savatga terilgan mevalar 0,5% li soda eritmasi qo‘shilgan qozonda qaynab turgan suvga 20-25 soniyaga solinadi. So‘ngra mevalar sovuq suvda sovutiladi, po‘stidan tozalanadi va danagi olinadi, pallalar esa patnislarga teriladi.

Ajratib olingan danaklar ochiq havoda quritiladi va qog‘ozli qoplarga 12-15 kg dan joylab, maxsus xonalarda, stellajlarda saqlanadi. Ushbu danaklardan navdor urug‘ hamda moy olinadi.

Shaftoli moyini tayyorlash

Shaftoli danagidan yog‘ olish uchun mag‘zi ajratib olinadi. Issiq suv bilan namlanganda po‘sti biroz bo‘kib, oson ko‘chadi. Urug‘i hovonchada ezilganda sianid kislota hidi keladi. Moy olish uchun urug‘ maxsus aylanuvchi barabanlarda qovuriladi va mashinada po‘stidan ajratiladi. So‘ng tegirmonda maydalab, sovuq presslash usuli bilan moyi olinadi. 

Shaftoli urug‘ining tarkibida 54-58% moy, 0,4-0,8% efir moyi, amigdamin glikozidi, emulsin fermenti va boshqa biologik aktiv moddalar bo‘ladi. Yog‘ining rangi sariq, quyuq suyuqlik bo‘lib, mazasi yoqimli va o‘ziga xos kuchsiz hidga ega. U kam yorug‘ tushadigan xonalarda stellajlarda saqlanadi.

Charchagan terini yoshartirish uchun ajoyib tarzda xizmat qiladigan vosita shaftoli yog’i bo’ladi. U qisqa vaqt ichida yuz terisini tiklaydigan va har qanday yoshda va har qanday turdagi teriga mos keladigan universal vositadir.

Mahsulot turli kasallik va shikastlanishlarda noxush hislarni yengillashtiradi, muntazam qabul qilib borilganda organizmga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, immunitetni mustahkamlaydi. Ichga qabul qilinganda mahsulot organizmdan shlak va zaharli birikmalarni chiqarib tashlashga ko’maklashadi.

Bu moy gipoalergenik bo'lgani uchun pediatrlar bolalar terisini parvarish qilish uchun tavsiya qiladigan oz sonli moylardan biridir. U teri va soch kasalliklarini, shuningdek quloq kasalliklari va nazofarenks kasalliklarini davolash va oldini olish uchun ishlatiladi. Shuningdek ayollar gnikologik kasalliklarida ham samarali qo'llaniladi.

Shaftoli moyining tarkibi bodom moyiga o‘xshash, uni bodom moyi o‘rnida ishlatsa bo‘ladi. Shaftoli danagidan uning po‘stini yoqib, tegirmonda maydalab, 0,20 mm kapron elakdan o‘tkazilib, ko‘mir tabletkasini tayyorlash mumkin.

Shaftolining foydasi

Ushbu meva o'zida karotin, vitamin B, C, B6, biotin, niatsin, pantoten kislotasi, riboflavin, tiamin, folatsin vitaminlari mavjud. Umumiy uglevodlar 10,4%, organik kislotalar 0,7% ni tashkil etadi. Energetik qiymati 44 kkal/184 kJ dan iborat. 

Davlat statistika qo'mitasining ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston 6 oy davomida 17 ming tonnadan ortiq shaftoli eksport qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50904 | Инструменты