Bu reytingda 106 ta davlat ishtirok etgan bo'lib, O'zbekistonning ko'rsatkichi MDH davlatlari ichida eng pastki o'rinda
Numbeo onlayn ma’lumot bazasi tomonidan shakllantirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston sof ish haqi reytingida 3 pog‘ona yuqorilab, 106 ta da davlat ichida 96-o‘rinni egalladi.
Mazkur ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘rtacha sof oylik daromad 278,7 dollar yoki 3 mln 38 ming so‘mni tashkil qildi. Bu MDH davlatlari ichida eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.
MDH davlatlari ichida eng yaxshi ko‘rsatkichlar Rossiya (846 dollar), Belarus (481 dollar) va Qozog‘iston (419 dollar) mamlakatlarida qayd etildi.
Qo‘shni davlatlar orasida Qozog‘iston $409,3 bilan 78-o‘rinni egallamoqda. Kuchli uchlikda Shvesariya (5988,7 dollar), Singapur (4247,7 dollar) va Avstraliya (4143,3 dollar) kabi davlatlar o‘rin olgan.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin O'zbekiston jinoyatchilik bo'yicha 142 ta davlat orasida 104-o'rinni egallagani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51500 | Инструменты