“Tashqi qarzlarni davlat kafolatisiz jalb qilish tizimi yanada kengayishini kutyapmiz” - Mamarizo Nurmurodov

Markaziy bank boshqaruvi 25-yanvardagi yig‘ilishda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Yig‘ilishdan keyin bank boshqaruv raisi Mamarizo Nurmurodov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Nurmurodov, tashqi qarzlar haqidagi savolga javob berarkan, 2024-yilda O‘zbekiston hukumati 5 mlrd dollar miqdorida tashqi qarz olishni rejalashtirganini qayd etdi.

“Davlat tomonidan kafolatlanmagan tashqi qarz bor. Bu – tadbirkorlik subyektlari, tarmoqlar, banklar (jalb qiladigan qarzlarni) tashkil etadi. Tashqi bozorlardagi sharoitlarning qat’iylashuvi fonida bu (2023) yil oldingi yilga nisbatan ma’lum kamayish kuzatildi. Kelgusi (2024) yildan foizlar pasayishi hisobiga tashqi qarzlarni davlat kafolatisiz jalb qilish tizimi yanada kengayishini kutyapmiz. 6 foiz iqtisodiy o‘sishni faqat ichki resurs va jamg‘armalarga tayangan holda amalga oshirishimiz qiyin bo‘ladi. Shuning uchun ham biz tashqi bozorlardan mablag‘lar jalb qilishimiz faqat iqtisodiy o‘sishimizga zamin yaratadi”, dedi u.

Nurmurodovning qo‘shimcha qilishicha, 2023-yilda bank sektori uchun 14 mlrd dollar qarz jalb qilingan bo‘lsa, yil davomida qarzlarga xizmat ko‘rsatish xarajatlari 12 mlrd dollarni tashkil etgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50221 | Инструменты