Huawei 1
Toshkentdagi Matbuot uyi sotilmaydigan bo'ldi

Toshkent shahridagi «Gazeta korpusi» nomi bilan ko‘pchilikka tanish bo‘lgan Matbuot uyining ma’muriy binosi sotilmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Agentlikning ma'lum qilishicha, Matbuot uyining savdo jarayonlari birinchi bosqichning o'zidayoq to'xtatildi. 

Qayd etilishicha, binoning sotilmasligi uchun bir qator markaziy gazeta va jurnallar tahririyati qo'shma murojaatlar yo'llagan. 

Davlat aktivlari bo'yicha savdo jarayonining birinchi bosqichida ishtirok etgan barcha talabgorlarga Ishchi organ tomonidan alohida rasmiy xabarnomalar yuboriladi.

Ma’lumot uchun, Matbuot uyining umumiy maydoni 0,82 gektar bo‘lib, bino-inshoot qismi 18 142 metr kvadratni tashkil etadi. 2021 yilning avgust oyida Buxoro va Nuroniylar ko‘chalari kesishmasida joylashgan «Gazeta korpusi» Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan ommaviy sotuvga qo‘yilgan 12 ta davlat aktivlari qatoridan joy olgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102002 | Инструменты